O‘zbekistonda karantindagilar nega kamaymayotganiga izoh berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bugungi kunda 90 ming atrofida odam karantin muddatini o‘tayapti. Qizig‘i kasallanganlar kamaysa ham karantindagiar sonida katta o‘zgarish bo‘layotgani yo‘q.

Agar karantin 14 kun bo‘lsa, bu odamlar allaqachon kuzatuvdan chiqqan bo‘lishlari kerak, nima sababdan ularning soni o‘zgarishsiz turibdi? Bu savolga Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi.

“Karantin e’lon qilingandan keyin ham ancha paytgacha hamyurtlarimiz charter reyslarida olib kelindi. Agar Siz chegaramiz butunlay yopilgan, deb o‘ylasangiz, bu xato fikr.

Negaki har kuni davlatimizga xorijdan 500-600 fuqaro kirib kelayapti (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston orqali). Ularning barchasi uyushgan holda karantinga joylashtirilmoqda”, dedi Nurmat Otabekov.

Quyidagilar karantin tadbirlari bilan qamrab olingan:

•    xorijiy davlatlardan kelib yangidan qo‘shilayoganlar;

•    kasallik chiqishi munosabati bilan karantin muddati uzaytirilgan shaxslar;

•    bemorlarni davolash jarayonida qatnashganlar,

•    bemor ishlagan ishxonasida birga ishlovchilar,

•    bemorning uyida oila-a’zolari, yaqin qarindoshlari, muloqotda bo‘lganlar,

•    bemorlar tashrif buyurgan muassasalar xodimlari,

•    epidemik noxush hududlarga borib yuk olib kelish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2017 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 1096 nafari sog‘aygan va 9 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

342

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing