Otabek Shukurov faoliyatidagi eng alamli o‘yinlarni oshkor qildi
Sport
−
05 iyul
8118O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Kayserispor” klubi a’zosi Otabek Shukurov milliy terma jamoaning Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoniga qarshi bahslarini faoliyatidagi eng alamli o‘yinlar deb hisoblaydi. Bu haqda futbolchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Men uchun eng alamli 2 ta o‘yin bor. Birinchisi Jahon chempionati saralash o‘yinida Janubiy Koreya bilan 0:0 o‘ynagan o‘yinimiz hisoblanadi. Agar o‘sha bahsda g‘alaba qozonsak, Jahon chempionatiga chiqqan bo‘lardik. Ikkinchisi esa Saudiya Arabistonida mezbonlarga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan o‘yinimiz. O‘shanda biz hatto saralashning 3-bosqichiga ham chiqa olmaganmiz. Shu ikki o‘yin faoliyatimdagi eng alamlisi sanaladi. Ana shu bahslardan keyin bir oycha o‘zimga kela olmaganman, telefonlarimni o‘chirib, hech kim bilan gaplashmay yurganman”, deydi Shukurov.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2017 yilda Jahon chempionati saralashining oxirgi turida Janubiy Koreya bilan to‘qnash kelib, nursiz durang o‘ynagan va 2018 yil Rossiya mezbonligida o‘tgan mundialga chiqish imkoniyatini boy bergan. 2021 yilda esa Saudiyaga imkoniyatni boy berib, Qatar mundiali yo‘lidagi yurishini juda erta to‘xtatgan.
LiveBarchasi