Otabek Xolmatov WBA kamarini qo‘ldan chiqardi
Sport
−
03 mart
11328Bugun, 3 mart kuni o‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun jangda amerikalik Raymon Fordga qarshi jang o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchradi.
AQSHning Nyu-York shtati, Verona shahrida o‘tkazilgan jang to‘liq 12 raund davom etdi. Dastlabki raundlarda ustunlik O‘zbekiston vakili tarafida bo‘ldi. Raundlarning ikkinchi yarmi startida amerikalik bokschi tashabbusdagi muvozanatni tikladi. Oxirgi raundlarda esa Ford ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirdi va 12-raundda Raymondning ketma-ket yo‘llagan zarbalaridan so‘ng hakam bahsni to‘xtatib, texnik nokaut qayd etdi.
Shunday qilib, 25 yoshli Xolmatov profboksdagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ford esa profringdagi 15-g‘alabasini tantana qildi va WBA kamari sohibiga aylandi.
LiveBarchasi