Meliqo‘ziyev amerikalik raqibini “yer tishlatdi” (video)

Sport

image

Kecha, 30 may kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tgan boks kechasida WBA (Jahon boks assotsiatsiyasi) versiyasi bo‘yicha ikkinchi o‘rta vaznda 29 yoshli o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev 28 yoshli amerikalik Darius Fuljamni mag‘lub etdi.

Golden Boy promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida har ikki bokschi ham muvaffaqiyatli hujumlar amalga oshirdi, jangdagi tashabbusni bir necha marta tomonlar almashib turdi.

Yettinchi raundda Meliqo‘ziyev raqibini ushlab turgani uchun ogohlantirildi, ammo jangning so‘ngi qismida u faollashdi va oxirgi – o‘n ikkinchi raundda raqibini nokdaunga uchratdi.

Hakamlar yakdil qaror bilan g‘alabani Meliqo‘ziyevga berdi – uchala kartochkada ham hisob 114-112 bo‘ldi.

Mazkur g‘alaba Bektemir Meliqo‘ziyev uchun katta ahamiyatga ega. U nafaqat raqibiga professional faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi, balki bu orqali o‘zining WBA kamari uchun rasmiy da’vogar maqomini ham qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Bektemir Meliqo'ziev WBA kamari Darius Fuljam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing