Ota-ona qaramog‘isiz qolgan 3 nafar bola xorijdan O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
16 Oktabr
2011Ota-ona qaramog‘isiz qolgan 3 nafar bola xorijdan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bolalar Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko‘magida ortga qaytarilgan. Ulardan bir nafari Rossiya Federatsiyasidan, qolgan ikki nafari esa Xitoy Xalq Respublikasi hududidan keltirilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan voyaga yetmaganlarning oilalari va O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlari oldindan o‘rganib chiqilgan bo‘lib, ularning og‘ir turmush sharoitida qoldirilganligi baholanmoqda.
Keyinchalik ularga bolaning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik yordam, huquqiy maslahatlar, o‘qishga joylashtirish va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga olgan kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.
“Ma’lumot uchun, oktyabr oyi boshidan xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 11 nafar bola O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi. Yaqin kunlarda Rossiya Federatsiyasidan yana bir guruh bolalar olib kelinishi rejalashtirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada avtohalokatga uchrab, og‘ir jarohatlangan o‘zbekistonlik ortga qaytarilgandi.
LiveBarchasi