Oston O‘runov Eron va BAAga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradimi?
Sport
−
07 Oktabr
9841Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri Oston O‘runov kichik jarohat olib, Jahon chempionati saralashi doirasidagi Eron va BAAga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
23 yoshli futbolchining bo‘lajak bahslarda o‘ynash ehtimoli mavjud. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi media departamenti rahbari Davron Fayziyev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
“O‘runov bo‘yicha aniq bir nima deyolmaymiz. Uning bo‘lajak bahslarda ishtirok etish-etmasligi noma’lum, biroq uni maydonga tushish ehtimoli ham yo‘q emas”,deydi Fayziyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq terma jamoa ustozi Srechko Katanes sog‘ligi yomonlashgani tufayli Eron va BAAga qarshi bahslarda ishtirok etmasligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi