Osiyo kubogi U-23 ning eng qimmat jamoalari reytingi tuzildi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Sport

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 1 – 19 iyun kunlari O‘zbekistonda futbol bo‘yicha Osiyo kubogi U-23 musobaqasi o‘tkazildi. "Transfermarkt" portali ushbu musobaqaning eng qimmat jamoalaridan iborat reytingini e’lon qildi.

Ushbu reytingda Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi yaqqol yetakchilik qilmoqda. Ya’ni, koreyslarning tarkibi 15,95 million yevroga baholangan. Ikkinchi o‘rinni Yaponiya yoshlari egallagan. Yaponiya tarkibida harakat qilgan futbolchilarning umumiy narxi 6,53 million yevroni tashkil etgan. Kuchli uchlikka musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan Saudiya Arabistoni U-23 termasi yakun yasab bergan. Saudiyalik futbolchilarning taxminiy qiymati 6,1 million yevro etib belgilangan. Osiyo chempionatida finalgacha yetib borgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 4,9 million yevroga baholanib, Osiyoning eng qimmat jamoalari orasida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Osiyo kubogining qimmat tarkibga ega jamoalari bilan tanishing:

Janubiy Koreya — 15,95 million yevro;

Yaponiya — 6,53 mln yevro;

Saudiya Arabistoni — 6,1 mln yevro;

Avstraliya — 5,8 mln yevro;

O‘zbekiston — 4,9 mln yevro;

Eron — 4,73 mln yevro;

BAA — 4,65 mln yevro;

Tojikiston — 3,73 mln yevro;

Qatar — 3,53 mln yevro;

Tailand — 3,2 mln yevro.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogining final bahsida Saudiya Arabistoni yoshlariga 2:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi U-23

Baholaganlar

998

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing