Osiyo kubogi-2023: Yaponiya musobaqa bilan xayrlashdi
Sport
−
03 fevral
10049Bugun, 3 fevral kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogining chorak final o‘yinlari davom ettirildi. “Final oldidan final” deya ta’rif berilgan Yaponiya Eron bahsida “forslar” iroda ko‘rsatib, g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 1-bo‘limida yaponlardan Morita hisobni ochdi. 2-bo‘limda esa eronliklardan Mohebi hisobdagi muvozanatni tikladi. O‘yinning 90+6 daqiqasida yaponiyaliklar o‘z jarima maydonchasida eronlik futbolchiga qo‘pollik ishlatdi. Penaltidan eronliklar sardori Alirizo Jahonbaxsh gol urib, jamoasi g‘alabasini ta’minladi.
Shunday qilib, Eron Osiyo kubogining yarim finaliga yo‘l oldi. “Kunchiqar yurt” vakillari esa chorak finalda yurishini to‘xtatdi.
Eron endi yarim finalda Qatar-O‘zbekiston juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
LiveBarchasi