Osiyo kubogi-2023: o‘zbekistonlik futbolchi chorak final ramziy jamoasiga kiritildi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogi chorak finalining ramziy jamoasidan joy oldi. Bu haqda musobaqa rasmiy sahifasi ma’lum qildi.

Hamrobekov O‘zbekiston terma jamoasining Qatarga qarshi o‘yinida ishonchli xatti-harakatlari bilan ajralib turdi va raqib darvozasiga gol urdi. 

Qayd etish joiz, ramziy jamoaga mezbonlarning ikki futbolchisi kiritilgan. Jumladan, himoyachi Lukas Mendes va O‘zbekistonga qarshi bahsda penaltilar seriyasida 3 marta raqib tepgan to‘pni qaytargan posbon Meshal Barsham ham 1/4 finalning eng faol futbolchilari qatoridan joy oldi.

Ma’lumot uchun, Qatar-O‘zbekiston o‘yinining asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmagach, hakam penaltilar seriyasiga ruxsat berdi. Futbol lotoreyalarida esa mezbonlarning qo‘li baland keldi. Endi Qatar Osiyo kubogi finaliga chiqish uchun Eron bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo kubogi Odiljon Hamrobekov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing