Osiyo kubogi-2023: Prezidentdan motivatsiya olgan tojik futbolchilari tarixiy natijaga erishdi
Sport
−
23 yanvar
14880Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogining “A” guruhidagi tur o‘yinlari to‘laqonli yakuniga yetdi. Oxirgi turda Tojikiston Livan, Qatar esa Xitoy bilan to‘qnash keldi.
Qatar va Tojikiston o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozondi va bir vaqtning o‘zida pley-offga chiqdi.
Tojikiston terma jamoasi yarim himoyachisi Parviz Umarboyev Livanga qarshi o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoasiga yordam berayotganidan juda xursand ekanligini aytib, davlat rahbariga alohida minnatdorlik bildirgan.
Gap shundaki, o‘yindan oldin Imomali Rahmon Qatarga davlat tashrifi doirasida Tojikiston terma jamoasi futbolchilari bilan uchrashgan va Livanga qarshi o‘yinda omad tilagan.
Ta’kidlash joiz, o‘z tarixida birinchi marta Osiyo kubogida qatnashayotgan Tojikiston terma jamoasi birinchi urinishdayoq guruhdan chiqishni uddaladi.
1/8 finalda tojikistonlik futbolchilar “S” guruhida 2-o‘rinni egallagan terma jamoa bilan kurash olib boradi.
LiveBarchasi