Ortiqxo‘jayev o‘z davrida Toshkent iqtisodiyoti 2 baravar o‘sganini aytdi. Aslida ham shundaymi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Biznesmen-hokimga 3 yil: Ortiqxo‘jayev Toshkentga nima berdi? north_east

Biznesmen-hokimga 3 yil: Ortiqxo‘jayev Toshkentga nima berdi?

Joriy yilning, 2 iyun kuni, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Amerikaning Crow Holdings kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Ortiqxo‘jayev so‘nggi 3 yilda, ya’ni o‘zining hokimlik davrida poytaxt iqtisodi 2 baravar o‘sganini aytib o‘tdi.

“Toshkent shahar hokimi amerikalik tadbirkor va olimlarni poytaxtimizda ko‘rib turganidan xursandligini bildirib, mehmonlarga Toshkentning so‘nggi yillardagi yutuqlari, salohiyat va imkoniyati haqida ma’lumot berdi. Jumladan, shahar iqtisodiyoti oxirgi 3 yilda ikki barobar yuksalganini alohida qayd etib o‘tdi, deyiladi hokimlik xabarida.

Shu bilan birga hokim oxirgi 3 yilda poyaxtda 22 ta yer usti hamda 4 ta yer osti metro bekatlari qurilgani, ayni paytda ta’limni rivojlantirishga, jumladan, xususiy ta’limning hissasini oshirishga ham katta e’tibor qaratilayotganligini, fizika, matematika, kimyo, biologiya, geografiya fanlari qatori ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilari uchun hokim stipendiyasi va mukofot puli joriy qilinganini ta’kidlagan.

Ammo hokim 3 yillik faoliyati haqida ma’lumot berib, raqamlarni oshirib yuborgani ayon bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining yalpi hududiy mahsuloti 2018 yilda 64,5 trillion so‘mni tashkil etgan (o‘sish – 11,1 foiz), 2019 yilda 86,1 trillion so‘m (o‘sish 8,4 foiz), 2020 yilda esa 97,5 trillion so‘m (o‘sish 1,8 foiz). Statistik ma’lumotlar poytaxt YAHMning o‘sishi sur’ati 3 yilda 22,6 foizni tashkil etganini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Toshkentda so‘nggi 3 yilda Ortiqxo‘jayev aytganidek, 22 ta yer usti hamda 4 ta yer osti metro bekatlari qurilmagan. Poytaxtda bu vaqt oralig‘ida 12 ta yerosti va 2 ta yerusti metro bekatlari qurildi. Hokim metro qurilishiga doir ma’lumotlarni qariyb 2 baravar oshirib yuborgan.

Toshkentshahar hokimligi statistik ma’lumotlarning oshirib aytilgani bo‘yicha hozircha hech qanday rasmiy ma’lumot bermadi.

Ma’lumot uchun, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018 yil 26 aprel kuni Toshkent shahar hokimi etib tayinlangan. QALAMPIR.UZ'da Ortiqxo‘jayevning 3 yillik faoliyatiga doir maqola e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing