Ortiqxo‘jayev onlayn-qabulxona ishga tushiryapti

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni yaxshilash uchun yangi portalni test rejimida ishga tushirdi. Portal orqali shahar aholisi poytaxt infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha takliflarini yuborishi, mavjud muammolar ro‘yxati va kelayotgan shikoyatlar bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishishi mumkin.

HOKIMPORTALI – bu davlat va aholi o‘rtasida samarali o‘zaro bog‘lanishi bo‘yicha interaktiv loyiha bo‘lib, shahar aholisi hayotining sifatini yaxshilash va Toshkent shahri Hokimiga poytaxt axolisining murojaatlarini so‘zsiz yetkazish uchun ishlab chiqilgan. Portal o‘zbek va rus tillarida ishga tushirilgan.

Portalda sozlangan jarayon hujjat aylanishining kamayishi hisobiga, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonini osonlashtirish hamda murojaatni ijrochiga yetib borish vaqtini qisqartirishga imkon beradi.

Qayd etilishicha, muammoni bartaraf etishning nazorati fuqarolarning o‘z qo‘llarida, chunki Portalda onlayn rejimda murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini kuzatish tizimi mavjud.

HOKIMPORTALI`ga quyidagi havola orqali o‘tishingiz mumkin: hokim.tashkent.uz

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati mutasaddisi portal 2 oy muddatda to‘la ishga tushirilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

murojaat Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing