Orqaga yo‘l yo‘q! – Saida Mirziyoyeva

Jamiyat

image
QALAMPIR.UZ muxbiri boshboshdoqlik va byurokratiya sabab Toshkent-Minsk reysidan qolib ketdi north_east

QALAMPIR.UZ muxbiri boshboshdoqlik va byurokratiya sabab Toshkent-Minsk reysidan qolib ketdi

Tergovchilar meni ham shubhalantirdi – Toshxo‘jayev 12 yashar bola qurbon bo‘lgan YTH bo‘yicha brifing o‘tkazdi north_east

Tergovchilar meni ham shubhalantirdi – Toshxo‘jayev 12 yashar bola qurbon bo‘lgan YTH bo‘yicha brifing o‘tkazdi

Umuman chet elga chiqmaydigan amaldor Bositxonova bilan eksklyuziv intervyu (video) north_east

Umuman chet elga chiqmaydigan amaldor Bositxonova bilan eksklyuziv intervyu (video)

Kecha, 11 oktyabr kuni Samarqandda YeXHTning Vena shahridagi ishtirokchi davlatlar doimiy vakillari, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchilari ishtirokida “O‘zbekistonda OAV erkinligi masalalari” mavzusida xalqaro davra stoli bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etib, O‘zbekistonda so‘nggi uch yil ichida so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat rahbari boshchiligida OAV erkinligi va uning tom ma’noda to‘rtinchi hokimiyat bo‘lishiga erishish yo‘lida olib borilayotgan siyosat xususida nutq so‘zladi. Jumladan u shunday deydi:

“Janobi oliylari, hurmatli xonimlar va janoblar! Sizni mehmondo‘st O‘zbekistonimizda, tarixiy Samarqand shahrimizda ko‘rib turganimizdan bag‘oyat mamnunmiz. 

Aziz do‘stlar biz sizlar bilan qayta uchrashib turganimizdan xursandmiz. Zero, shu yil yozda Vena shahrida  ko‘pchiligingiz bilan uchrashuv juda iliq taassurot qoldirgan. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakili sifatida sizlarga agenlik rahbari janob Allamjonov ta’kidlab o‘tganlaridek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va ochiqlik siyosati tufayli O‘zbekistonda so‘z erkinligini ta’minlash borasida erishgan yutuqlarimizni siz bilan baham ko‘rmoqchiman. 

Xonimlar va janoblar, zamonaviy O‘zbekiston bir necha yil oldingi mamlakat emas. O‘zbekiston shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. mamlakatimiz ochiqlik, fuqarolarning so‘z va axborot olish erkinligiga doir konstutitsiyaviy huqularni amalga oshirishni nazarda tutuvchi yo‘lni tanladi. Biz – fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlariga javob beradigan, ular o‘rtasidagi yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yadigan, yurtimizni yanada rivojlantirish, uning axborot xavfsizligini ta’minlash hamda mamlakatimizning jahon axborot hamjamiyatiga kirishiga ko‘maklashadigan, kelgusida mamlakatimizda demokratik axborot jamiyatini shakllantirish imkonini beradigan axborot makonini yaratishni maqsad qilganmiz. Ushbu rejalar YeXHTning axborot vositalari erkinligini ilgari surishdagi asosiy tamoyillariga  to‘la mos keladi. Sizni ishontirib aytamanki, agentlik O‘zbekistonning YeXHT doirasidagi majburiyatlariga to‘liq amal qiladi. 

Biz bu strategik maqsadga erishishni tushunamiz. Bu startegiyalar bizdan axborot sohasini yanada rivojlantirish, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi rolini yanada oshirish, davlat organlarining ochiqligini ta’minlash va Axborot xizmatlarining ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bilan hamkorligini talab etadi. Ushbu asosiy tamoyillardan kelib chiqqan holda biz davlat axborot siyosatini amalga oshirishga harakat qilmoqdamiz. Buning natijasida jamiyatimiz o‘zgarayotgani, odamlarimiz axborot sifati va undan foydalanishda talabchan bo‘lib borayotganini, jamiyatga turli fikr-mulohazalarni taqdim etayotgan ommaviy axborot vositalari ham tobora o‘zgarib borayotganini ishonch bilan aytishimiz mumkin. Jurnalistlarning o‘zlariga ishonchlari tobora ortib bormoqda, ular axborot maydonini ko‘proq his qilmoqdalar. 

O‘zbekiston yildan-yilga jonlanib bormoqda. Bugun ommaviy axborot vositalari o‘tkir muammolarni tanqid ostiga olib va ochiq ko‘rsatib yangi O‘zbekiston qurilishida faol ishtirok etmoqda, shu bilan birga, Hukumat ularning faoliyatiga munosabat bildirmoqda va ularni hal etish choralarini ko‘rmoqda. 

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, ommaviy axborot vositalari hamda davlat organlari rahbarlari va ularning Axborot xizmatlari o‘rtasida muloqot maydoniga aylandi. Agentlik jurnalistlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalarining boshqa ijodiy xodimlarini hamisha ximoya qiladi va qo‘llab-quvvatlaydi. Bizning eshiklarimiz ular uchun doim ochiq”.

Saida Shavkatovna so‘zida davom etarkan, mamlakatda so‘z va matbuot erkinligi aniq dalillar, hujjatlarga asoslangani, qolaversa, sohaga Parlament va Hukumat darajasida e’tibor qaratilayotganini qo‘shimcha qiladi. Mirziyoyeva mamlakatda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash, jurnalistlar oldidagi to‘siqlarni olib tashlash uchun qabul qilingan qator hujjatlarni yodga oldi. 

“Bundan tashqari, jurnalistlar hamjamiyati ishtirokida jurnalistlarning professional etikasi Milliy kodeksi ishlab chiqildi va qabul qilindi.

Parlamentimiz huzurida Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Uning tarkibida  ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlari, fan va madaniyat vakillari, deputatlik korpusi, mustaqil ekspertlar va mutaxassislar, shuningdek, fuqarolik jamiyatining boshqa instituti vakillari kiradi. 

Blogerlarning huquqlarini mustahkamlash, shuningdek, jurnalistlar faoliyatiga noqonuniy aralashgani uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi tayyorlandi. 

Konstitutsiyaviy huquqni ta’minlash davlat va  fuqarolik jamiyati o‘rtasida konstruktiv muloqotni o‘rnatish, mamlakatning axborot sohasini rivojlantirish, shuningdek, davlat organlarining axborot faoliyatini tartibga solishga qaratilgan  Yagona davlat axborot siyosati konsepsiyasi tayyorlandi.

Davlat organlarining axborot olish  erkinligi va ochiqligini kafolatlashga qaratilgan qonun loyihasi tayyorlanmoqda, shuningdek, O‘zbekiston jurnalistlar va blogerlar huquqlarini himoya qilish uchun Media-ombudsman lavozimini ta’sis etishni rejalashtirmoqdamiz”. 

Agentlik direktorining o‘rinbosari O‘zbekistonda ijtimoiy tenglikni ta’minlash, jumladan sohalarda ayollar sonini ko‘paytirish orqali, gender tengligi samaradorligiga erishish OAV sohasida o‘zining natijasini ko‘rsatayotganini qayd etdi.

“Hurmatli hamkasblar, ijtimoiy tenglikni qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davrda ish joyida erkaklar va ayollar teng vakillik qilishlariga katta e’tibor qaratildi va shunday bo‘lishi shart. Shu bois O‘zbekiston Hukumati 2016 yildan buyon jurnalistika sohasida xotin-qizlarning rolini mustahakamlashga katta e’tibor qaratmoqda. Bu juda muhim jihat. Chunki, ommaviy axborot vositalarining xilma-xilligi jamiyatimizga muhim ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Joriy yilda mamlakatimizda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan  himoya qilish to‘g‘risida” yangi qonunlar qabul qilindi. Bu hujjatlar hamda yangi tashkil etilgan Gender tengligi bo‘yicha Hukumat komissiyasi xotin-qizlar O‘zbekiston jurnalistikasida mustahkam o‘rin egallashi uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Janobi oliylari! Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash, shuningdek, eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni qo‘llash borasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali va amaliy hamkorlikka ochiq ekanini aytmoqchiman. Biz OAVning haqiqiy mustaqilligini shakllantirishning murakkab yo‘lining boshida ekanimizni anglaymiz. So‘nggi uch yil ichida biz ko‘plab ishlarni qildik, ammo oldinda bizni bundan ham ko‘proq vazifalar kutib turibdi. Mamlakatimzida ochiqlik so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, shuningdek, OAVni haqiqiy “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylantirish bo‘yicha haqiqiy harakat boshlangan. Orqaga yo‘l yo‘q. E’tiboringiz uchun rahmat! O‘zbekistonga xush kelibsiz”!      
 


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

28

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing