Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblarini taqdirladi
Jamiyat
−
14:34 650 2 daqiqa
Keça, 30 oktyabr kuni beşinçi bor ötkazilgan “Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Qayd etilişiça, bu yilgi musobaqa 6 mingga yaqin iştirokçini birlaştirgan, bu ötgan yilgi körsatkiçdan ikki barobar köp. Ularning 633 nafarini ayol va qizlar taşkil etgan. Bu raqamlar zamirida intellektual bellaşuvlarga bölgan qiziqişning ortib borayotgani, ilmga intiliş hamda yoşlarimizning öz kuçi va imkoniyatlariga bölgan işonçi mujassam.
.jpg)
.jpg)
“Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat iste’dod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga çiqariş uçun yaratiladigan imkoniyatlar kölami bilan ham belgilanadi”, deya yozgan Prezident Administratsiyasi rahbari.
.jpg)
.jpg)
Özbekiston xalqaro şaxmat musobaqalarida yuqori natijalarga erişmoqda. Şu bilan birga, mamlakatda yoşlarning şaxmatga qiziqişini oşiriş, iste’dodini namoyon etişi va intellektual salohiyatini rivojlantirişi uçun imkoniyatlar kengaymoqda.
.jpg)
.jpg)
“Zakovat” loyihasining alohida ahamiyatini men aynan şunda köraman. Bu loyiha iqtidorli yoşlarni kaşf etibgina qolmay, balki tafakkur madaniyatini, mustaqil fikrlaş va oqilona qarorlar qabul qiliş könikmasini şakllantirişga ham xizmat qilmoqda. Zero, yurtimiz kelajagi yoş avlodning nafaqat qançalik bilimli ekaniga, balki şu bilimlarni qay darajada qöllay olişi va fikr doirasiga ham boğliq”, degan Saida Mirziyoyeva.
Live
Barchasi