Orban Tramp bilan uchrashdi

Olam

image

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bugun, 12 iyul kuni Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Bu haqda Orban o‘zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Tinchlik missiyasi 5.0. bugun Mar-a-Lagoda prezident Donald Trampni ziyorat qilish sharaf edi. Biz tinchlikka erishish yo‘llarini muhokama qildik. Kunning xushxabari: u bu muammoni hal qiladi”, deb yozadi Orban.

Tramp bilan uchrashish uchun Orban NATO sammitini erta tark etdi, u yerda uning o‘rniga Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto qoldi. Vazirning nutqi yig‘ilishning so‘nggi kunida shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Siyyarto, xususan, Budapesht Trampning Oq uyga qaytishi mumkinligini Ukrainada “tinchlik uchun imkoniyat” deb bilishini aytdi.

U Vengriyaning NATOdagi hamkorlarini ikki tomonlama standartlarda va Ukrainadagi urushni bartaraf eta olmaganlikda aybladi.

“Biz muloqot va diplomatik kanallarni himoya qilishda davom etamiz, chunki so‘nggi ikki yarim yildagi amaldagi strategiya butunlay barbod bo‘ldi”, deydi u Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda.

Shuningdek, Siyyarto Ukrainani NATOga qabul qilish ittifoqni zaiflashtirishini, chunki bu borada turli nuqtai nazarlar mavjudligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Viktor Orban Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing