Orban Putinni “100 foiz punktual shaxs” deb atadi
Olam
−
06 iyul
10829Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni oqilona va punktual shaxs ekanligini bildirib, agar buni 100 foiz ko‘rsatkichda baholash kerak bo‘lsa, bu keragidan ham ortiq ekanligini aytdi. Bu haqda u Moskvadan qaytishda samolyot bortida “Die Weltwoche” jurnalisti bilan intervyuda ma’lum qildi.
“U muzokaralar olib borganida, biror masalani tushuntira boshlaganida, taklif bildirganda doim punktual tarzda ish olib boradi. Men uning bu xarakterini 100 foizdan ham ortiq baholayman”, degan Bosh vazir.
Orbanning so‘zlariga ko‘ra, Putin xotirjam, juda ehtiyotkor va punktual siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 iyul kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish maqsadida Moskva shahriga bordi. Putin Orbandan Vengriya va Yevropa Ittifoqining Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha pozitsiyasi bilan tanishtirishni aytdi. Shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha Moskva takliflari tafsilotlari bilan tanishishini so‘radi. Orban esa Putin bilan hozirgi uchrashuv muhim ekanligi va Vengriya tez orada Yevropada ham Rossiya, ham Ukraina bilan muloqot olib borishga qodir yagona davlatga aylanishini ta’kidlagan.
LiveBarchasi