Oppengeymerning nabirasi atom energiyasidan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda foydalanishni taklif qildi

Olam

image

Atom energiyasi texnologiyalaridan dunyoni yo‘q qilishda emas, balki uni qutqarish uchun foydalanish mumkin. Bu haqda Ikkinchi jahon urushi davrida Yaponiyaga tashlangan atom bombasini yaratishda muhim rol o‘ynagan Robert Oppengeymerning nabirasi Charlz Oppengeymer Tokiodagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Mashhur fizikning nabirasi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yadro energiyasidan kengroq foydalanish kerakligini ta’kidladi. Oppengeymer bu davrda atom energiyasiga ega davlatlar o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish zarurligini urg‘uladi.

Uning fikricha, agar ular muloqotni kuchaytirmasa, AQSH, Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi keskinlik dunyodagi eng katta xavfga aylanishi mumkin.

“Biz ota-bobolarimizdan, jumladan, bobomdan ham o‘rganishimiz mumkinligiga ishonaman. Ularning maslahatlarini tinglash bugun har qachongidan ham muhimroq. Men atom energiyasidan yaxshilik uchun foydalanishimizga ishonaman”, deydi Oppengeymer.

Yaponiyaning janubi-sharqidagi Xirosimaga tashrifi chog‘ida Oppengeymerning nabirasi Xirosima tinchlik yodgorlik muzeyi direktori Xarada Xiroshi bilan uchrashdi.

Ma’lumot uchun, amerikalik fizik, "atom bombasi ixtirochisi" Robert Oppengeymerning nabirasi, 49 yoshli Charlz Oppengeymer AQSHda yashaydi. U atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni qo‘llab-quvvatlovchi “Oppengeymer loyihasi” nodavlat tashkilotining asoschisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Robert Oppengeymer hayoti va atom bombasining yaratilishi haqida hikoya qiluvchi “Oppengeymer” biografik filmi “Oskar” mukofotini topshirish marosimida 7 yo‘nalish bo‘yicha “Oskar”ni qo‘lga kiritgandi. Oppengeymer va bir guruh olimlar tomonidan atom bombasini yaratish jarayoni haqida hikoya qiluvchi film 2023 yil iyul oyida ko‘plab mamlakatlar, xususan AQSHda namoyish etilgan bo‘lsa, shu yilning mart oyi oxirida Yaponiyada tomoshabinlarga namoyish etildi. Film 2024 yilning dastlabki haftasida bo‘lib o‘tgan “Oltin Globus” taqdirlash marosimida ham mukofot bilan taqdirlandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Atom energiyasi Oppengeymer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing