“Open budget”ning 2-mavsumi doirasida ovoz berish boshlandi
Jamiyat
−
22 avgust
3972“Tashabbusli byudjet”ning 2024 yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ovoz berish jarayonlari 31 avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Fuqarolar o‘zlariga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:
- “Ochiq byudjet”portalining veb-sahifasi;
- Portalning mobil ilovasi;
- Telegram’dagi rasmiy bot yordamida ovoz berishi mumkin.
Joriy mavsumda ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 3 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Bunda har bir loyiha uchun eng yuqori qiymat 1 milliard 360 million so‘mni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, 2024 yil mart oyidan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etilgan. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ovoz berish jarayonida fuqarolarni identifikatsiya qilish hamda bir fuqaro tomonidan berilgan bitta ovozni qabul qilish tizimi joriy etiladi.
LiveBarchasi