“Open budget”ga ovoz berish yakunlandi

Jamiyat

image

Bugun, 16 sentyabr kuni joriy yilgi “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berishning 2-mavsumi yakunlandi. Endi eng ko‘p ovoz yiqqan loyihalar g‘olib deb topiladi hamda yo‘l, maktab va boshqa binolarni ta’mirlash uchun byudjet hisobidan mablag‘ ajratiladi. 

Ovoz berish bosqichiga qadar “Open budget” doirasida 2 ta – loyihalar qabul qilish va saralash bosqichlari o‘tkazildi. Ushbu mavsumning birinchi bosqichi 17 iyuldan 6 avgustga qadar, ikkinchi bosqichi esa 6 avgustdan 26 avgustgacha davom etdi. 

Ma’lumot uchun, ushbu loyiha Prezidentning 2021 yil apreldagi qarori asosida yo‘lga qo‘yilgan. “Open budget” loyihasining birinchi mavsumida 33 ming 680 ta tashabbus uchun 16 milliondan ortiq ovoz berilgan bo‘lib, yakunda esa 1666 ta loyiha g‘olib deb topilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Tashabbusli byudjet”ning joriy yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish 27 avgustdan boshlangandi. 

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tashabbusli byudjet Open budget ovoz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing