“Open budget” doirasida ovoz berish boshlandi
Jamiyat
−
11 mart
6114Bugun, 11 mart kuni “Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ovoz berish jarayonlari joriy yil 20 mart soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Fuqarolar quyidagi 3 usul orqali jarayonda ovoz berishi mumkin:
- “Ochiq byudjet” portalining veb-sahifasi;
- Portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
- Telegram’dagi rasmiy bot yordamida.
Ma’lumot uchun, “Tashabbusli byudjet”ning 2025 yilgi 1-mavsumi uchun loyihalar 1−20 fevral kunlari davomida kiritildi. Saralashdan o‘tgan loyihalarga 11−20 mart kunlari ovoz yig‘iladi. G‘oliblar 21 mart – Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, 2024 yil mart oyidan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etilgan. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ovoz berish jarayonida fuqarolarni identifikatsiya qilish hamda bir fuqaro tomonidan berilgan bitta ovozni qabul qilish tizimi joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi 15 iyulda boshlanadi va 30 kun davom etadi. Ikkinchi mavsum g‘oliblari 1 sentyabr kuni e’lon qilinishi belgilangan.
LiveBarchasi