BMT: Pandemiya giyohvand modda kontrabandasini murakkablashtirdi

Olam

image

COVID-19 koronavirusining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli davlatlar tomonidan ko‘rilgan choralar sabab noqonuniy giyohvand modda savdosining yo‘nalishida ham o‘zgarish bo‘ldi. Bu haqda BMTning giyohvand moddalar va jinoyatlik bo‘yicha boshqarmasi hisobotida qayd etilgan.

Hisobotga ko‘ra, aviatashuvlar to‘xtab qolgan, quruqlikdagi yo‘llardan ham narkotik tashish qisqargan va qiyinlashgan. Giyohvand modda yetkazish zanjirining ba’zi halqalarida uzilish bo‘lgan va hozirda kontrabandachilar muqobil yo‘llar qidirishni boshlagan.

Sintetik giyohvand moddalar asosan avitashuvlar orqali olib kelinishini hisobga olsa, hozirgidek vaziyatda bu turdagi noqonuniy mahsulotlar aylanmasiga jiddiy zarar yetgan.

Kokainning asosiy qismi dengiz yo‘li orqali tashilgani uchun pandemiya sharoitida ham Yevropa portlarida yirik miqdordagi shu turdagi giyohvand modda yuklari aniqlanyapti. Geroin esa asosan quruqlik orqali tashilgan. Ammo pandemiya sabab uni ham dengiz orqali tashish boshlagan. Hind okeanida qo‘lga olingan geroin yuklari shundan darak bermoqda.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda dunyo bo‘ylab koronavirus yuqtirganlar soni 3 836 817 nafarni tashkil qilyapti. Ularning 265 366 nafari vafot etgan va 1 308 201 nafari sog‘aygan. Ayni vaqtda 2 263 250 kishi koronavirusdan davolanyapti.


Maqola muallifi

Teglar

kontrabanda giyohvand modda pandemiya

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing