“Omikron” tufayli Rossiyada PSR testlarning amal qilish muddati qisqartiriladi

Olam

image

Rossiyada jamoat joylariga tashrif buyurish uchun PSR testining amal qilish muddati 72 soatdan 48 soatgacha qisqartiriladi. Bu haqda “Rospotrebnadzora” rahbari Anna Popova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu qaror yangi “omikron” shtammining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli qabul qilingan.

Bundan tashqari, Popovaning so‘zlariga ko‘ra, “omikron” tarqalgan mamlakatlardan Rossiyaga kelgan sayohatchilar ikki hafta davomida karantinda bo‘lishlari kerak. Biroq, ushbu davlatlar ro‘yxatiga aniqlik kiritilmadi.

“Rospotrebnadzor” rahbarining ta’kidlashicha, hozirgacha Rossiyada “omikron” bilan zararlanish holati aniqlanmagan.

Ma’lumot o‘rnida, “omikron” koronavirusning yangi shtammi bo‘lib, u dastlab Janubiy Afrika Respublikasida qayd etilgan. Hozirda “omikron” Yevropa davlatlari bo‘ylab tarqalmoqda. Buyuk Britaniya Bosh vaziri mamlakat olimlariga tayanib, koronavirusning yangi shtammi emlanganlar orasida ham tarqalishi mumkinligi ma’lum qilgan. Isroil esa bugun, 30 noyabrdan boshlab mamlakat chegaralarini yopdi. Endilikda vataniga qaytgan isroilliklar 2 hafta davomida karantinda o‘tirishga majbur. Qozog‘iston ham qator davlatlar fuqarolari uchun “eshik”larini yopmoqchi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya “Omikron” “Rospotrebnadzor”

Baholaganlar

125

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing