“Omicron” O‘zbekiston chegarasiga yaqinlashdi
Olam
−
06 dekabr 2021
17424Rossiyada koronavirusning "omicron" shtammi bilan kasallanish holatlari aniqlandi. Virus Janubiy Afrika Respublikasidan qaytgan ikki kishida qayd etilgan. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati (Rospotrebnadzor) ma’lum qildi.
"Rospotrebnadzor Markaziy Epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan irsiyat bo‘yicha sekvensiya natijasida rasadxonada bo‘lgan birinchi kunida olingan PZR testi ijobiy bo‘lgan ikki bemorda "omicron"shtammi tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, idora matbuot xizmati Rossiya Federatsiyasiga Janubiy Afrikadan kelgan 10 nafar fuqaroda PZR testi ijobiy aniqlangani haqida xabar bergan.
"Qattiq nazorat olib borilgach rasadxonadagi 10 kishida koronavirus uchun olingan PZR test ijobiy natija ko‘rsatdi. Boshqa bemorlardan olingan namunalar tahlili davom ettirilyapti, Rospotrebnadzor vaziyatni alohida nazoratga olgan", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammi ilk bor Botsvanada 11 noyabr kuni aniqlangan edi. Shundan so‘ng JAR, Gonkong va boshqa davlatlarga tarqaldi. Bugungi kunda “omicron” 27 ta davlat hududida aniqlangan.
Uning asosiy xususiyati – o‘ta yuqumli va insonning kasal bo‘lib tuzalish va vaksinalash orqali orttirgan immunitetiga chap berib o‘ta oladi. JSST yangi shtammni “xavotirli” deb tan olib unga grek alifbosining 15-harfi – “omicron” nomini bergan edi.
Avvalroq Janubiy Koreyada yashovchi O‘zbekiston fuqarosi va uning oila a’zolari koronavirusning "omicron" shtammiga chalingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi