“Omicron” Oq uyga yetib keldi – Bayden
Olam
−
22 dekabr 2021 6823 1 daqiqa
Koronavirusning “omicron” shtammi hatto Oq uygacha yetib keldi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden xabar berdi.
“Omicron” juda oson yuqadi, shuning uchun biz to‘liq yemlangan odamlar koronavirus bilan kasallanganini ko‘rmoqdamiz”, degan Bayden xalqqa murojaatida.
Uning ta’kidlashicha, har bir tashkilotda, hattoki Oq uyda ham “omicron”ga qarshi emlanganlar orasida infeksiyaga chalinish holatlari mavjud. Bayden, shuningdek AQSHda koronavirusning “omicron” shtammi dominant bo‘lib qolganini aytgan.
Avvalroq, AQSHda birinchi marta koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallangan bemorning o‘limi qayd etilgani haqida xabar bergandik.
AQSHda “omicron” birinchi marta 1 dekabr kuni qayd etilgan.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel