“Omicron” AQSHga “qadam qo‘ydi”
Jamiyat
−
02 dekabr 2021
6194Janubiy Afrikada paydo bo‘lib, tezlik bilan dunyoga tarqalayotgan koronavirusning “omicron” shtammi AQSHga ham kirib bordi. Joriy yilning 22 noyabr kuni Janubiy Afrikadan qaytgan Kaliforniyada yashovchi fuqaro “omicron” tashxisi qo‘yilgan birinchi amerikalik bo‘ldi. Bu haqda AQSH Milliy allergik va yuqumli kasalliklar instituti rahbari Entoni Fauchi ma’lum qildi.
Fauchining aytishicha, odam 29 noyabr kuni ijobiy sinovdan o‘tgan. Uning ta’kidlashicha, “omicron” yuqtirgan shaxs avvalroq koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan, ammo qayta emlanmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bemorda yengil alomatlar bor, ahvoli yaxshilanmoqda.
Ma’lumot uchun, koronavirusning yangi “omicron” shtammi so‘nggi bir necha kunda 20 dan ortiq davlatga kirib bordi.
“Omicron” shtammining boshoq oqsilida bir necha o‘nlab mutatsiyalar mavjud bo‘lib, ular orqali virus inson tanasiga kiradi. Shu sababli, olimlar vaksinalar koronavirusning ushbu shtammiga qarshi samarasiz bo‘lishidan xavotirda. Hozircha buni tasdiqlovchi yoki rad etadigan aniq ma’lumotlar yo‘q.
Avvalroq “omicron” o‘zbekistonliklar va butun dunyo aholisining sayohat uchun eng sevimli davlat Birlashgan Arab Amirliklariga ham kirib borgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi