Olti yashar qizga tegajog‘lik qilgan erkakning jazosi uzaytirildi
3-sahifa
−
29 mart 2023
12671Avval xabar berganimzdek, 2022 yilning yozida Toshkentda katta yoshli erkak olti yoshar qizga tegajog‘lik qilgan, noyabrda esa jamoatchilik bundan xabar topgandi. Ayblanuvchi birinchi instansiya sudi tomonidan 10 yil muddatga qamalgan edi. Prokurorning apellyatsiya protestidan so‘ng sud jazo muddatini 15 yilga uzaytirdi. Bu haqda “Nemolchi.uz” loyihasida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, 2022 yilning 22 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudi 1975 yilda tug‘ilgan jinoyatchi R.Sh.ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 119-moddalari (Jinsiy ehtiyojlarni g‘ayritabiiy shaklda majburan qondirish) bilan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topgan va u 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan.
2023 yilning 9 yanvar kuni Yunusobod tumani prokurori O.A.Azimov Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasiga apellyatsiya arizasi yuborgan.
O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2023 yil 16 fevral kuni Toshkent shahar sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining apellyatsiya instansiyasi Toshkent shahri Yunusobod tumani prokurorining ko‘rsatilgan murojaati asosida ushbu ishni ko‘rib chiqqan. Natijada R.Sh.ga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2022 yil 22 dekabrdagi hukmi bekor qilingan. R.Sh. Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Ta’kidlanishicha, birinchi instansiya hukmida jinoyat sodir etishga suiqasd (ya’ni tugallangan jinoyat emas, balki uni sodir etishga suiqasd) nazarda tutilgan 25-modda orqali ayblov ilgari surilgan. Biroq prokurorning shikoyatidan so‘ng, keltirilgan vajlarga muvofiq, apellyatsiya sudi bu suiqasd emas, balki tugallangan jinoyat, deb topib, qonunda belgilangan tartibda jazoni kuchaytirgan.
LiveBarchasi