Olti oyda davlat byudjeti daromadlari va xarajati qancha bo‘ldi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda  Davlat byudjetining joriy yilning o‘tgan olti oyidagi daromadlari 58 157 milliard so‘mni, xarajatlari esa 64 878,9 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Davlat byudjeti defitsiti esa 6 721,9 milliard so‘m bo‘lgan. Bu haqda Moliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

 Davlat byudjeti defitsiti quyidagi manbalar hisobidan qoplangan:

•    davlat g‘aznachilik obligatsiyalarini joylashtirilishidan kelib tushgan mablag‘lar hisobidan – 3 422,5 milliard so‘m;
•    xalqaro moliya institutlaridan byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun jalb qilingan mablag‘lar hisobidan – 3 299,4 milliard so‘m.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq respublika byudjeti xarajatlari birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar kesimida qabul qilingan.

Birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar kesimidagi jami yillik tasdiqlangan xarajatlar yuqoridagi Qonunga muvofiq 100 830,6 mlrd so‘mni tashkil etib, unga 2020 yilning 18 mayida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-618-son “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan va jami xarajatlar 106 250,0 mlrd so‘mga tasdiqlangan.

Ushbu xarajatlarning 2020 yil 6 oylik ijrosiga nazar tashlansa, yillik xarajatlarning 46,6 foizi yoki 49 485,5 mlrd so‘mi amalga oshirilganiga guvoh bo‘lish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat byudjeti

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing