Olmazorga “svet” qaytdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahar Olmazor tumanida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelib, ikki sutka davomida o‘nlab mahallalarda “svet” o‘chgandi. Bugun, 26 mart kuni mazkur nosozlik bartaraf etildi. Bu haqda Energetika vazirligining Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur nosozlik “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filialining maxsus brigadalari tomonidan bartaraf etilib, bugun, soat 9:13 da transformator ishga qo‘yilgan. Bugun soat 12:00 ga qadar hududning elektr ta’minoti bosqichma-bosqich to‘liq qayta tiklanishi aytilmoqda.

Olmazor tuman hokimligining ma’lum qilishicha, tumanning “Ahil”, “Paxta”, “Yangi Toshkent”, “Beruniy”, “Shodiyona”, “Istiqbol”, “Oltinsoy”, “Bo‘stonobod”, “Tepa Guzar”, “G‘alaba”, “Tabassum”, “Islom ota” hamda “Chuqursoy” mahallalarining aholi yashash xonadonlariga elektr energiyasini yetkazib berilishi to‘liq tiklangan.

Ma’lumot uchun, nosozlik kelib chiqqan “Sag‘bon” podstansiyasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Toshkent shahar filiali balansida bo‘lgan. Ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlariga 50 nafardan ortiq ishchi xodimdan iborat maxsus brigada va 12 ta maxsus texnika jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing