Shar sabab Toshkentning 4 ta tumanida “svet” o‘chib qoldi

Jamiyat

−

image

Kecha, 19 oktyabr kuni osmonga uchirilgan oddiy shar Toshkent shahrining 4 tumanida elektr uzilishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 19:05 da Qibray tumanida joylashgan “Aksa Toshkent” issiqlik elektr stansiyasidagi transformator himoya tizimi ishga tushishi natijasida stansiya quvvati 460 MVtdan 185 MVtgacha kamayishi kuzatilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga stansiyaning T-5 transformatoridagi shikastlanish sabab bo‘lgan. Buning oqibatida Yunusobod, Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatildi.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida soat 19:09 da Yunusobod va Olmazor tumanlarida elektr ta’minoti qisman tiklangan. Soat 19:25 da esa zaxira manbalar orqali ta’minot to‘liq tiklangan. Soat 19:38 da barcha iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklangan.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, elektr ta’minotidagi ushbu uzilishga “Aksa Toshkent” IESning ochiq taqsimlash qurilmasiga havoda uchib kelgan shar tushishi sabab bo‘lgan. Oqibatda himoya tizimi ishga tushib, elektr ta’minotida uzilish yuzaga kelgan. Holat aks etgan video kuzatuv kamerasi yozuvlaridan olingan.

“Shu o‘rinda fuqarolardan elektr stansiyalari, podstansiyalar va boshqa elektr qurilmalari yaqinida havoga shar uchirmasliklarini so‘raymiz. Bu kabi holatlar elektr ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing