Olmaotada yana zilzila bo‘ldi
Olam
−
30 yanvar
7590Qozog‘istonda 2 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Inform. kz” nashri xabar berdi.
Bugun, 30 yanvar kuni Olmaotada mahalliy vaqt bilan 04:27 lar atrofida zilzila yuz bergan. Seysmologlar zilzila kuchini 2 ballga baholamoqda.
Zilzila magnitudasi 4,5 ni, chuqurligi esa 10 km.ni tashkil qilgan. Uning epitsentri Olmaota shahridan 293 kilometr janubi-sharqda Xitoy hududida joylashgan.
Qayd etilishicha, Xitoyda tunda va ertalab yana bir necha bor zilzila bo‘lgan. Shulardan oxirgisi Ostona vaqti bilan 07:44 da kuzatilgan, ammo bu Qozog‘iston hududida sezilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaotada besh balli zilzila oqibatida 44 kishi jabrlangandi.