“Qozoğiston ruslar davlati”. Olmaotada erkak 20 sutkaga qamaldi (video)

Olam

−

image

Qozoğistonning Olmaota şahrida savdo markazidagi qöriqçi va taşrif buyuruvçilar bilan janjallaşib, mamlakatni “ruslar davlati” deb atagan 40 yoşli erkak 20 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Toppress” xabar berdi.

Qayd etilişiça, voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Unda supermarket çiqişida energetik içimlik uşlab turgan erkakdan qöriqçi xarid çekini körsatişni söragani aks etgan.

Şundan söng, xaridor dökon xodimi bilan tortişib ketgan. Suhbatga boşqa taşrif buyuruvçilar ham qöşilib, erkakni qöriqçiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bölişga çaqirgan.

Bahs davomida erkak “Bu ruslar davlati”, degan. Bunga javoban atrofdagilardan biri Qozoğiston qozoqlar davlati ekanini eslatib, undan qöriqçining talabini bajarişni söragan. Keyinçalik qöriqçi çekni tekşirgan va energetik içimlik uçun haq tölanganiga işonç hosil qilgan.

Politsiya ma’lumotiga köra, video tarqalgaç, holat yuzasidan tekşiruv ötkazilgan. Erkakning şaxsi aniqlanib, u 40 yoşli, Qozoğiston fuqarosi bölgani va Olmaotada yaşaşi ma’lum bölgan. Sud qarori bilan unga nisbatan ma’muriy javobgarlik çorasi qöllanib, 20 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi Pavlodarda istiqomat qiluvçi ayolni qölga olgan edi. U ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaatida Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan Qozoğistonga qöşin kiritişni söragan va qozoqlarni haqorat qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing