Olmaotada 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan yo‘lovchi qamaldi
Olam
−
25 dekabr 2023
4861Avvalroq Olmaotada avtobus shahar shifoxonasi hududida to‘planib turgan odamlarga borib urilishi oqibatda uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Avtobus haydovchisini urishi oqibatida YTH keltirib chiqargan yo‘lovchi qo‘lga olindi. Bu haqda shahar ixtisoslashtirilgan tumanlararo tergov sudi matbuot xizmati xabar berdi.
“24 dekabr kuni sud qarori bilan dastlabki tergov organining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumonlanuvchiga nisbatan ikki oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga ruxsat berildi”, deyiladi xabarda.
Yo‘lovchiga nisbatan ikki modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan:
Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 293-moddasi – “Bezorilik”;
Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 351-moddasi - "Ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga olib keladigan transport xavfsizligini ta’minlash qoidalarini buzish".
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 dekabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida 47-yo‘nalishdagi avtobus yo‘lovchisi haydovchi ayol bilan janjallashib qolgan. Shundan so‘ng haydovchi ayol hushidan ketgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda avtobus to‘planib turgan odamlarga borib urilgan.