Olmaota hayvonot bog‘ida yashaydigan “leopard baliq” qanchalik xavfli? (video)

Bu qiziq

image

Olmaota hayvonot bog‘ining Instagram sahifasida leopard tusidagi baliqlarning suvda suzib yurgani aks etgan video e’lon qilindi.

Ajablanarlisi, uning boshqa baliqlar kabi tangachalari yo‘q. Tangachalar o‘rnida qoplon terisi ko‘zga tashlanadi.

“Bu murena ilon balig‘i. Uning rangi leopardga o‘xshab jigarrang bo‘lgani uchun shunday nomlangan. Bizning hayvonot bog‘imizda ulardan ikkitasi bor. Ular katta, yumaloq akvariumda suzadilar. Murena ilon baliqlar oilasiga mansub. Ularning aksariyati Tinch okeani va Hind okeanida yashaydi”, deya qayd etgan hayvonot bog‘i vakillari.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hayvonot bog‘idagi murena baliqlarining uzunligi bir metrgacha yetib, og‘zi katta va ikkita jag‘i bor. O‘ljasini kuchli tishlari bilan tutib oladi.

“Murena o‘ljasini oldingi jag‘i bilan tishlaganida, o‘ljani qizilo‘ngach yonida joylashgan ikkinchi jag‘i bilan ichkariga itaradi va yutib yuboradi. Uning tishlari orqaga egilgan. Yirtqich tabiatiga qaramay, baliq zaharli emas. Biroq, agar u tishlasa, jarohatni davolash uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi. Buning sababi shundaki, uning og‘zidagi so‘lakda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar mavjud. Bu mikroblar og‘iz bo‘shlig‘ida qolgan oziq-ovqat qoldiqlaridan paydo bo‘ladi”, deb tushuntirgan hayvonot bog‘i xodimlari.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

baliq Olmaota leopard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing