Olmaliqda Damas o‘quvchilarni urib yuborishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
15 may 2023
9094Bugun, 15 may kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Damas ikki nafar o‘quvchi qizlarni urib ketgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Olmaliq shahrida yashovchi 19 yoshli S.X. (erkak) boshqarayotgan Damas rusumli avtomashina “Tinchlik” yo‘lini kesib o‘tishda 14 yoshli 2 nafar maktab o‘quvchisini urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan edi. Piyodalar avtohalokat oqibatida tan jarohati olib, Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga olib borilgandi.
LiveBarchasi