Olma-ota bosh shifokori xodimlarning virus yuqtirib olishiga o‘zlari aybdor ekanini aytdi
Olam
−
13 aprel 2020
6307Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahar markaziy klinik shifoxonasida o‘n ikki tibbiyot xodimi xavfsizlik choralariga rioya qilmaslik sababli koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda kecha, 12 aprel kuni Olma-otaning bosh sanitar vrachi Ayzat Moldagasimova ma’lum qildi.
"Buning sabablaridan biri tibbiyot xodimlarining o‘zlari barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganligidir. Ularning orasida ehtiyotkorlik yo‘q", deydi Moldagasimova.
Ma’lum qilinishicha, 13 aprelga qadar Olma-otada 27 nafar tibbiyot xodimi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 972 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 99 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan, 10 nafari esa vafot etgan.
LiveBarchasi