Oliy sud Bosh vazirga ochilgan jinoyat ishini qayta ko‘rib chiqdi
Olam
−
19 Oktabr 2020
19000Qirg‘iziston Respublikasi Oliy Sudi mamlakat Bosh vaziri – vaqtincha Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarovga nisbatan ochilgan jinoyatni ko‘rib chiqdi. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.
Sadir Japarovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi joriy yilning 16 oktyabr kuni sudga yuborilgan edi. Sudda Sadir Japarov ustidan 2012 yilda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga urinishda ayblanib ochilgan ish bo‘yicha yangi holatlar qayta ko‘rib chiqilgan.
“Sadir Japarov jinoyat tarkibi yo‘qligi uchun oqlandi. U bilan birga deputat Talant Mamitov va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev ham oqlandi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Sadir Japarov, Talant Mamitov va Kamchibek Tashiyev hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olishga uringani uchun sudlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Sadir Japarov joriy yilning 14 oktyabr kuni parlament tomonidan Bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi. 2017 yildan Prezident lavozimida ishlab kelayotgan Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishi ortidan, Sadir Japarov vaqtincha Prezident vakolatlarini gardaniga oldi.
Japarov ishi
2018 yilda sud sobiq deputat Sadir Japarovni 2013 yildagi Qorako‘l shahri va Saruu qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan mitingda moliyalashtirishda aybdor deb topdi.
Sud, o‘shanda Japarov namoyishchilarni nazorat qilgan va ularga o‘sha paytdagi Issiqko‘l gubernatori Emilbek Kaptagayevni garovga olish to‘g‘risida buyruq bergan deb hisoblagan. U 11,5 yilga umumiy tartibli koloniyada o‘tash sharti bilan ozodlikdan mahrum etildi. Keyinchalik Oliy sud ushbu muddatni bir yarim yilga qisqartirdi.
Joriy yilning 4 kotyabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovidan keyin boshlangan namoyishlar fonida 5 oktyabr kuni Japarov koloniyadan ozod qilindi. U bilan birga sobiq Arezident Almazbek Atamboyev, sobiq Bosh vazir Sapar Isakov va Bishkekning sobiq meri Albek Ibraimov ham ozod etildi.
LiveBarchasi