Oliy Rada Rossiyani BMT va YeXHTdan chiqarib yuborishni so‘ramoqda

Olam

image

Ukraina parlamenti Rossiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidan chiqarishni so‘ramoqda. 

BMT Bosh Assambleyasiga Rossiyani tashkilotdan chiqarish bo‘yicha murojaat bo‘yicha rezolyutsiya loyihasi Ukraina Oliy Radasida ro‘yxatga olingan. Bu haqda bugun, 23 fevral kuni Ukraina parlamenti saytida xabar berildi. 

Ukraina parlamenti sayti, shuningdek, Ukraina Oliy Radasining YeXHTga Rossiyani tashkilotdan chiqarib yuborish chaqirig‘i bilan qilgan murojaati bo‘yicha qaror loyihasini ro‘yxatdan o‘tkazgan. 

Hujjatlar Ukraina parlamenti kotibiyatida ro‘yxatga olingan. Ularning muallifi sifatida fraksiyasiz deputat Oksana Savchuk ko‘rsatilgan. Hujjatlarning matnlari jamoatchilikka oshkor etilmagan.

Ma’lumot o‘rnida, xalqaro hamjamiyat, xususan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rossiyaning Ukraina chegaralari atrofidagi harbiy harakatlarini qoralashda davom etib kelmoqda. Putinning joriy yil 21 fevral kuni qabul qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarining suverenitetini tan olish to‘g‘risidagi qarori BMT Bosh kotibi Guterrish tomonidan xavotir bilan qabul qilindi. Guterrish Prezident Putinning qarori BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan ma’qullangan Minsk kelishuvlariga “halokatli zarba" berganini ta’kidlamoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Oliy Rada

Baholaganlar

333

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made