Ukraina hukumati iste’foga chiqdi
Olam
−
18:02 3538 1 daqiqa
Bugun, 14 iyul kuni Oliy Rada deputatlari Bosh vazir Yuliya Sviridenko va Ukraina hukumatini iste’foga chiqardi. Yig‘ilishdan translyatsiya “Rada” telekanali orqali olib borildi.
Ma’lum bo‘lishicha, iste’foni qo‘llab 258 nafar parlament a’zosi ovoz bergan. Endi yangi bosh vazir 16 iyul kuni saylanadi.
Ma’lumot uchun, Sviridenko bosh vazir lavozimida bir yildan sal kamroq vaqt davomida faoliyat yuritdi. U hukumat rahbari etib 2025 yil 17 iyulda tayinlangan edi. 2021 yil noyabridan boshlab Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.
Ukraina OAVlari Sviridenkoning iste’fosidan so‘ng, Ukrainaning yangi bosh vaziri “Naftogaz Ukraini” davlat kompaniyasi boshqaruvi raisi Sergey Koretskiy bo‘lishi mumkinligi haqida yozmoqda. Shu bilan birga, bir qator yuqori lavozimli ukrainalik amaldorlar o‘z lavozimlarini saqlab qolishlari mumkin. Ukraina deputati Yaroslav Jeleznyakning ma’lumotiga ko‘ra, gap Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga, Bosh vazir o‘rinbosari va Energetika vaziri Denis Shmigal, Moliya vaziri Sergey Marchenko va boshqalar haqida bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bir yil avval tayinlangan Bosh vazir Yuliya Sviridenkoni almashtirishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi