Ukrainada namoyishlardan so‘ng antikorrupsiya tashkilotlari bo‘yicha qonun qabul qilindi

Olam

image

Bugun, 31 iyul kuni Ukraina Oliy Radasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi (NABU) va Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuratura (SAPO) mustaqilligini tiklash uchun ovoz berdi. Rada majlisi jonli efirda namoyish etildi.

Yangi qonun loyihasini (13533-son) 331 deputat yoqlab ovoz berdi. Bundan tashqari, parlament a’zolari qabul qilingan qonun loyihasini imzolash uchun zudlik bilan Prezidentga topshirish uchun ovoz berdi.

Shunday qilib, 22 iyulda qabul qilingan NABU va SAP mustaqilligini bekor qilish va ularni Bosh prokurorga bo‘ysundirish to‘g‘risidagi shov-shuvli qonun loyihasi bekor qilindi.

Bugun, 31 iyul kuni ovoz berishdan oldin Rada minbaridan chiqqan ko‘plab deputatlar ushbu rezolyutsiya tashabbuskorlarini javobgarlikka tortishga chaqirdi.

“Ukrainskaya pravda” nashrining yozishicha, Oliy Rada binosi oldidagi nazorat-o‘tkazish punkti yaqinidagi Mariinskiy bog‘ida xalq deputatlari qaror qabul qilgan paytda NABU va SAPga mustaqillikni qaytarish to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlovchi tinch miting davom etgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 iyul kuni Oliy Rada mustaqillikni bekor qilishni ma’qullagandi. Bu Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi va korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuraturasi mamlakat Bosh prokuroriga bo‘ysundiradi. 

Shu kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy qonunni imzoladi. Bu Kiyev va boshqa shaharlarda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi. Yevropa Ittifoqi ham ushbu qonundan xavotir bildirdi. Mitinglar chog‘ida Zelenskiy 24 iyul kuni Radaga NABU va SAPni nazorat qilish bo‘yicha Bosh prokurorning vakolatlarini qisqartirish va ularning mustaqilligini qaytarish bo‘yicha yangi qonun loyihasini taqdim etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Korruptsiya Ukraina Oliy Rada SAP NABU

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing