Olimpiadaning 15-kunidan keyin O‘zbekiston katta yuqorilashga erishdi
Sport
−
10 avgust
20154Parij shahrida davom etayotgan Olimpiada o‘yinlarining 14-kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi 5 ta oltin medalga ega chiqib, umumjamoa hisobida 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Bundan oldin dzyudochilar Diyora Keldiyorovaning yagona oltin medali va Muzaffarbek To‘raboyev hamda Alisher Yusupovning bronzalari evaziga delegatsiya 43-o‘rinda borayotgandi, Hasanboy Do‘smatov va Ulug‘bek Rashidovlarning oltin medallari evaziga ko‘rsatkich 25 pog‘ona yuqorilagandi.
Erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayevning bronza, bokschilar – Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev hamda Lazizbek Mullojonovning oltin medallari hisobiga O‘zbekiston delegatsiyasining umumiy dunyo reytingidagi o‘rni yangilandi.
Reytingda hamon AQSH vakillari yetakchilik qilmoqda. Amerikaliklar hisobida 33 ta oltin, 39 ta kumush va 39 ta bronza, jami 111 ta medal bor. Kuchli uchlikka Xitoy va Avstraliya sportchilari yakun yasab bergan.
O‘zbekiston delegatsiyasi bugun 7 ta sport turida ishtirok etadi. Bugungi bahslarda og‘ir atletikachilar maydonga chiqadi. Shuningdek, boks, erkin kurash hamda badiiy gimnastika bo‘yicha final bahslari bo‘lib o‘tadi.