Olimpiadada Janubiy Sudan o‘rniga adashib boshqa davlat madhiyasi qo‘yib yuborildi

Sport

image

2024 yilgi o‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi basketbol o‘yini oldidan Janubiy Sudan davlatining madhiyasi o‘rniga boshqa davlat madhiyasi qo‘yib yuborilgani uchun uzr so‘radi. 

Parij Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasining aloqalar bo‘yicha direktori Enn Dekamps Puerto-Rikoga qarshi o‘yin oldidan Janubiy Sudan madhiyasini aralashtirib yuborgan tashkilotchilar xatosi uchun uzr so‘radi.

“Agar biz adashgan bo‘lsak, uzr so‘raymiz”, deydi Deskames.

28 iyul kuni Janubiy Sudan va Puerto-Riko o‘yini bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilar 2011 yilda mustaqil bo‘lgan Janubiy Sudan madhiyasi o‘rniga boshqa kuyni qo‘yib yubordi. Jamoa muxlislari xatodan norozilik bildirdi. 

Janubiy Sudan Puerto-Rikoni 90:79 hisobida mag‘lub etdi  va Olimpiadada o‘z tarixidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Janubiy Sudan Puerto-Riko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing