Olimpiadada erkak bokschi bilan jang qilgan o‘zbekistonlik qizga uy sovg‘a qilindi
Sport
−
14 avgust
19326Parij-2024 Olimpiadasining boks bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Sitora Turdibekovaga o‘z tug‘ilib o‘sgan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidan uy sovg‘a qilindi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
-57 kg da bahslarda ishtirok etgan Turdibekova Olimpiadada tayvanlik bokschi Lin Yuy-Tin bilan kuch sinashib, mag‘lubiyatga uchragandi. Lin Yuy-Tin esa yakunda o‘z vaznida Olimpiada chempioni bo‘ldi.
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tekshiruvlariga ko‘ra, Lin Yuy-Tinning erkakligi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sitora Turdibekova IBA prezidenti Umar Kremlev tomonidan 100 ming dollar bilan taqdirlanishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi