Olimpiada qoldirildi. Yaponiya 6,32 milliard dollardan mahrum bo‘ldi

Olam

image

Xabariniz bor, joriy yilning iyul-avgust oylarida Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan yozgi Olimpiada o‘yinlari koronavirus sabab bir yilga qoldirildi. Olimpiada-2020 musobaqasi bekor qilingani bois Yaponiya iqtisodiyoti 700 milliard iyena (6,32 milliard dollar) sof foydadan quruq qoladigan bo‘ldi. 

Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalgani bois kecha, 24 mart kuni, xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe yozgi Olimpiada o‘yinlarini ko‘chirish borasida kelishib oldi va Olimpiada rasman 2021 yilga ko‘chirildi.

Eslatib o‘tamiz, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 422 652 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 18 901 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 108 349 nafari virusdan butkul forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio 2020 Olimpiada-2020

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing