Bugun 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi jang qiladi
Sport
−
06 mart 2020
8341Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa davom etmoqda. Musobaqaning bugungi, 6 mart kungi dasturida 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.
-69 kg: Bobousmon Baturov – Dominik Roy (Yangi Zelandiya) (14:40dan so‘ng).
-69 kg: Maftunaxon Meliyeva – Mai Kito (Yaponiya) (20:10 dan so‘ng).
-75 kg: Navbahor Hamidova – Nadejda Ryabets (Qozog‘iston) (20:25 dan so‘ng).
-91 kg: Sanjar Tursunov – Tariq Muhammad Rabeah (Iroq) (21:45dan so‘ng).
Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 mart kuni 3 nafar o‘zbekistonlik bokschilar saralash bosqichi doirasida ringga ko‘tarildi. Ulardan 2 nafari, Elnur Abduraimov va Fanat Qahramonov g‘alaba qozondi. Dilshod Ro‘zmetov esa avstraliyalik bokschiga mag‘lub bo‘ldi.
Jahongir Sotvoldiyev
LiveBarchasi