Dunyoning birinchi raqamli tennischisi o‘zi g‘olib bo‘lmagan yagona turnirda ishtirok etadi
Sport
−
18 iyul 2021
3767Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich Tokio Olimpiadasida ishtirok etishini ma’lum qildi.
“Men kichkina do‘stim Kojironing ko‘nglini qoldira olmayman. Tokioga chipta buyurtma qildim va Serbiya terma jamoasi safida Olimpiadada qatnashayotganimdan xursandman. Men uchun terma jamoada o‘ynash har doim o‘zgacha quvonch va motivatsiyalarga boy bo‘lgan. Barchani xursand qilish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman”, deb yozgan Jokovich.
U yaponiyalik 6 yoshli Kojiro Ovakiga mavsumdagi barcha yirik chempionatlar va uning yurtida o‘tadigan to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida g‘olib bo‘lishni, so‘ng u bilan ko‘rishishni va’da qilgan.
Serbiyalik tennischi o‘tgan hafta “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turnirida g‘alaba qozongan edi. Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki Novak uchun “AQSH ochiq chempionati”dan oldingi eng muhim musobaqa hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, “Ulkan toj” turkumidagi musobaqalarni 20 karra g‘olibi shu paytga qadar Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritmagan. Jokovich faqatgina 2008 yil Pekindagi (Xitoy) Olimpiya o‘yinlarining yakkalik bahslarida bronza medal sohibi bo‘lgan.
LiveBarchasi