Olimpiya shaharchasida yashovchi sportchilarda koronavirus aniqlandi

Sport

image

Tokiodagi Olimpiya shaharchasida yashovchi ikki xorijlik sportchida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Olimpiada tashkiliy qo‘mitasining saytida e’lon qilingan hisobotda qayd etilgan. Biroq sportchilarning shaxsi ma’lum qilinmagan.

Bundan tashqari, hujjatda aytilishicha, bugun, 18 iyul kuni infeksiya Olimpiya shaharchasida yashamaydigan bir nafar sportchi, OAV xodimi, xizmatchi, shuningdek, musobaqaga aloqador bo‘lgan yana besh kishida aniqlangan. Ularning hech biri Yaponiya fuqarolari emas.

Tashkiliy qo‘mita 17 iyul kuni Olimpiya shaharchasi hududida koronavirus aniqlangan birinchi holat to‘g‘risida xabar berdi. 

“Kyodo” agentligi xabariga ko‘ra, Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasining musobaqa bilan bog‘liq vakili va Olimpiya shaharchasida infeksiya mavjudligi tasdiqlangan ikkala sportchi ham bir mamlakat fuqarolari. Bundan tashqari, bir sport turida faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, Tokio Olimpiadasi 2020 yilning 24 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tishi kerak edi. Pandemiya sababli musobaqalar bir yilga qoldirildi va joriy yil 23 iyuldan 8 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar turnirni xorijlik muxlislarsiz o‘tkazishga qaror qilishdi, hatto mahalliy tomoshabinlarning ham Yaponiyaning oltita prefekturasida, shu jumladan Tokioda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga kirishlariga ruxsat berilmaydi.

Avvalroq, joriy yil 12 iyuldan boshlab, Tokioda epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli favqulodda rejim yana kuchga kirib, u 22 avgustga qadar davom etishi haqida xabar berilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Tokio-2020 Koronavirus Olimpiada-2020 Olimpiya shaharchasi

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing