Olimpiada chempioniga Gentra sovg‘a qilindi

Sport

image

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, Tokio-2020 Olimpiadasi oltin medali sohibi Akbar Jo‘rayev Chevrolet Gentra avtomobili bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Avtomobil Jo‘rayevga O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan topshirildi. Kichik tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov ham qatnashdi. 

Akbar Jo‘rayev shu yili Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida ham ishtirok etib, kumush medalga ega chiqqandi. Undan avval esa, atlet, sentyabr oyida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda o‘tkazilgan dunyo birinchiligida g‘olib bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi boshida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Akbar Jo‘rayevni Osiyo o‘yinlaridagi munosib ishtiroki uchun pul mukofoti bilan taqdirlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev Osiyo o'yinlari Akbar Jo'raev Shahrillo Mahmudov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing