Olimlar yashash mumkin bo‘lgan ekzosayyora topdi

Texnologiya

image

Chilidagi Yevropa janubiy rasadxonasi olimlari Quyoshga nisbatan yaqinroq bo‘lgan yulduz yaqinida Quyosh tizimi sayyoralariga juda o‘xshash bir qancha osmon jismlarini topdi. Bu haqda “Astronomy & Astrophysics” jurnali xabar bergan. 

L 98-59 yulduzi Yerdan 35 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan, olimlar bu yulduz atrofida aylanadigan beshta sayyorani kashf etgan. Tadqiqotga ko‘ra, uchta sayyorada suv topilgan, yulduzga eng yaqin bo‘lgan ikkita sayyora toshli va qurg‘oqchil ekani aniqlangan. 

Ta’kidlanishicha, ekzoplanetlardan biri yashash uchun yaroqli bo‘lishi mumkin, chunki u xuddi shunday orbitada, o‘z yulduzidan mos masofada joylashgan va suvga ega. Olimlarning fikricha, suv ushbu ekzoplanet massasining 30 foizini tashkil qiladi. 

Bundan tashqari, tadqiqotchilar beshinchi sayyorada suv va atmosfera mavjudligi ehtimolini qayd etgan. 

Avvalroq, kosmosda tajriba sifatida ilk bor qalampir yetishtirilishi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Quyosh ekzoplanet

Baholaganlar

675

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing