Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Olimlar Oyning yangi tasvirlarini namoyish etdi (video)

Bu qiziq

image

Firefly Aerospace xususiy aerokosmik kompaniyasi Oy yuzasining hayratlanarli tasvirlarini e’lon qildi. Ushbu tasvirlar Blue Ghost qo‘nuvchi moduli tomonidan qo‘nishdan oldin amalga oshirilgan manyovrlar chog‘ida olingan. O‘n baravar tezlashtirilgan videoda Oyning teskari tomoni va modulning o‘zi, xususan, uning radiator panellari hamda yo‘nalish dvigatellari aks etgan. Surat va videolar Firefly Aerospace tomonidan e’lon qilingan.

Blue Ghost bortida NASA’ga tegishli 10 ta ilmiy va texnologik asbob joylashgan bo‘lib, ular Oyning Inqiroz dengizi – bazalt lavasi bilan qoplangan ulkan zarba havzasini o‘rganadi. Bu Firefly Aerospace kompaniyasi NASA uchun amalga oshirayotgan uchta missiyadan birinchisi hisoblanadi.  

Ikkinchi missiya 2026 yilda Oyning teskari tomoniga apparat yuborishni nazarda tutadi. 2028 yilda esa kompaniya Oyning ko‘rinadigan tomonida joylashgan Gruytuyzen gumbazlarini o‘rganish uchun rover jo‘natadi. Ushbu missiyalar orqali olingan ma’lumotlar NASA’ning uzoq muddatli Oy bazasini yaratish rejalari uchun asos bo‘ladi.

Inqiroz dengiziga qo‘nish 2 martga belgilangan. Agar missiya muvaffaqiyatli o‘tsa, modul bir oy kuni davomida (14 yer sutkasi) ishlaydi, quyosh tutilishi va Oy botishini qayd etadi hamda oyning “shafqatsiz” kechasida yana bir necha soat ishlashga urinadi.
 
Ammo apparat uzoq muddat ishlay olmaydi – tun davomida harorat -246 darajagacha tushadi, bu esa elektronikaning ishlashini deyarli imkonsiz qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA) odamlarni Oyga olib chiqishni rejalashtirgan Artemis II va Artemis III missiyalarini mos ravishda 2026 yil aprel va 2027 yil o‘rtalariga ko‘chirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Oy NASA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing