Olimlar Marsdan sirli eshik topdi
Bu qiziq
−
15 May 2022 58557 1 daqiqa
Marsda noodatiy ob’ekt aniqlandi. Gap sun’iy ravishda yasalgan eshikka o‘xshash ma’lum bir tuzilma haqida ketmoqda.
Ob’ekt joriy yilning 7 may kuni NASA Curiosity roveridagi Mastcam-Z kamerasi tomonidan suratga olingan.
Suratdan sirli “eshik”ning haqiqiy ko‘lamini aniqlash qiyin. O‘z navbatida, NASA bu suratga hali izoh bermagan. Biroq, Reddit forumi sharhlovchilari rasmda tosh qatlamlari siljishi natijasida hosil bo‘lgan yoriq ko‘rsatilgan degan xulosaga kelgan.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi “Marsquake” joriy yil 4 mayda sodir bo‘lgan, hozirda olimlar uning oqibatlarini o‘rganmoqda.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr